OLX, Joyme va targetdan o'zi tushadi, operatorlarga o'zi taqsimlanadi.
Lidlar, mijozlar, xodimlar, ombor — hammasi bitta tizimda. Excel va tarqoq chatlarsiz.
Bepul konsultatsiya · 24 soat ichida javob
Tizimlarim ishlayotgan joylar
- MAKON Realty
- Onyx
- Mulk Pro
- The One Agency
- RGB Studio
Nima qilaman
Men biznesingizni tarqoq chatlar va Excel jadvallaridan chiqarib, o'zi ishlaydigan tizimga aylantiraman. Har bir lid, har bir mijoz va har bir so'm — nazoratda.
Hozir
Tanish holatmi?
Lidlar chatlarda, mijozlar Excel'da, vazifalar esa kimningdir boshida. Har kuni nimadir yo'qoladi.
Men nima qilaman
Hammasini bitta tizimga yig'aman
Har bir manba ulanadi, har bir lid kartochkaga aylanadi, dublikatlar esa o'zi ushlanadi.
Natija
Tartib. Nazorat. 24/7.
Kim nima qilayotgani ko'rinib turadi. Hech bir lid yo'qolmaydi.
24/7nazoratda
Real tizim, real raqamlar
Har bir lid kartochkaga aylanadi — hech narsa qog'ozda qolmaydi.
Dublikatlar avtomatik ushlanadi, egasining raqami yashirin.
Har kimda alohida Excel o'rniga — bitta umumiy tizim.
Yangilanish to'xtalishsiz chiqadi, xato bo'lsa tizim o'zi orqaga qaytadi.
Raqamlar — men qurgan Makon Pro tizimining prod bazasidan (2026-yil avgust–oktabr).
Faqat CRM emas
Bitta buyurtma kelganda tizim nima qilishini ko'ring. Hammasi o'zi bo'ladi — odam aralashmaydi.
Biznesingizni bosing — zanjir o'zgaradi
- Telegram botMijoz botda buyurtma berdi«2 ta mahsulot, bugun kerak»
- OmborTovar omborda band qilindiQoldiq: 48 → 46
- To'lov va qarzlarTo'lov tushdi, qarz yopildi+1 240 000 so'm
- Yetkazib berishKuryerga topshiriq ketdiKuryer Jasur · 15:30
- Mijozlar bazasiXarid mijoz tarixiga yozildiSardor A. · 4-xarid
- Rahbar hisobotiKunlik hisobot rahbarga keldiBugun: 14 buyurtma
6 ta ish bajarildi — odam aralashmadi
Buyurtmadan hisobotgacha qo'l tegmaydi
Odam endi qilmaydi
- Buyurtmani daftarga yozmaydi
- Qoldiqni Excel'da sanamaydi
- Qarzdorlarni eslab yurmaydi
- Kechqurun hisobot yig'maydi
Sxema va raqamlar — namuna. Aniq tizim sizning ish jarayoningiz bo'yicha quriladi.
Tizim qanday ishlaydi
Mijoz yozgan paytdan bitimgacha: hech narsa qo'lda qilinmaydi va hech narsa yo'qolmaydi.
Siz faqat bitimni yopasiz. Qolganini tizim qiladi.
Jonli demo
Bu haqiqiy ishlaydigan mini-CRM. Lidni keyingi bosqichga o'tkazing va tizim nima qilishini ko'ring.
Kartochkani sichqoncha bilan sudrang yoki → tugmasini bosingKartochkadagi → tugmasini bosing
Demo ma'lumotlar. Sizning tizimingizda bosqichlar ham, maydonlar ham o'zingizniki bo'ladi.
Telegram bot + Mini App
- 01Mijoz yozadi, lid tushadiMijoz botga yozishi bilan CRM'da yangi lid paydo bo'ladi.
- 02Bot so'raydi, kartochka to'ladiBot kerakli savollarni beradi, javoblar kartochkaga o'zi yoziladi.
- 03AI mos variantlarni topadiTizim bazadan mos obyektlarni tanlab, mijozga yuboradi.
- 04Operator bog'lanadi, rahbar ko'radiEslatma qo'yiladi, natija esa hisobotda ko'rinadi.
24 / 7
Tizimda ish vaqti yo'q. Bu — tizim ulangan biznesning oddiy bir kuni.
- 02:15Siz uxlayapsizBotMijoz yozdi — bot javob berib, arizani oldi
- 06:30Siz uxlayapsizOmborQoldiq tekshirildi, kam tovarlar ro'yxati tayyor
- 08:00Siz yo'ldasizHisobotKechagi kun hisoboti Telegram'ingizga keldi
- 11:30Siz majlisdasizCRMYangi arizalar xodimlarga taqsimlandi
- 15:00Siz mijoz bilansizEslatmaMijozlarga to'lov eslatmalari ketdi
- 21:30Siz oilangiz bilansizBotKechki buyurtmalar qabul qilindi
Tizim 24 soat ishladi. Siz — 9 soat.
Har bir tizim sizning jarayoningiz asosida quriladi — tayyor shablon emas.
Biznesingizga moslangan CRM
Tayyor shablon emas — sizning jarayoningiz asosida quriladi. Xodimlar Telegram ichida ishlaydi, rahbar hamma narsani ko'radi.
Narx va muddat vazifaga bog'liq — bepul konsultatsiyada hisoblab beraman.
- Lidlarni barcha kanallardan bitta joyga yig'ish
- Voronka va bosqichlar — sizning jarayoningiz bo'yicha
- Operator paneli, rollar va huquqlar
- Dublikatlarni avtomatik aniqlash
- Rahbar uchun hisobotlar va xodimlar samaradorligi
- Maxfiy ma'lumotlar (raqamlar) himoyasi
- Vazifalar, eslatmalar, javob taymerlari
Makon Pro
MAKON Realty · ko'chmas mulk agentligi, Toshkent
Agentlikning butun ishi bitta tizimda: lidlar OLX, Joyme va targetdan o'zi tushadi, operatorlar Telegram ichida ishlaydi, rahbar har bir xodimni real vaqtda ko'radi. Tizim prodda, har kuni ishlatiladi.
Onyx
Tabiiy tosh ombori uchun hisob: partiyalar, plitalar, bron, jo'natish, QR-kodlar, qarzdorlar va 3D-shourum.
Har bir plita — QR-kod bilan, bron va qoldiq aniq
Mulk Pro
Rieltorning ish quroli: OLX lentasi, shaxsiy baza, mijozlar CRM'i va AI yordamida obyekt tanlash.
OLX, baza va mijozlar — bitta Telegram ilovada
The One Agency
Toshkentdagi marketing agentligi uchun sotuvchi landing: ikki tilli, video blok, arizalar to'g'ridan-to'g'ri Google Sheets'ga.
Arizalar avtomatik jadvalga tushadi
Jarvis
Shaxsiy moliya: xarajatlar, byudjet, qarzlar. Chek rasmini AI o'qiydi, SMS va Gmail'dan to'lovlarni o'zi import qiladi.
Xarajat qo'lda yozilmaydi — o'zi tushadi
AI Assistant
Tadbirkor uchun ovozli yordamchi: ovozli xabar → matn → AI tasnif → bilimlar bazasi. Har kuni ertalab brifing.
Ovozda aytilgan fikr yo'qolmaydi
Keyingi loyiha — sizniki
Biznesingizdagi tartibsizlikni tizimga aylantiramiz.
Ishlatadigan texnologiyalarim
Next.js, React, TypeScript, PostgreSQL, Telegram Bot API, Mini Apps, Python, Redis, Docker, Claude AI, OpenAI, Prisma, Drizzle, Vercel
- 01
Tanishuv
Biznesingiz va muammoni tushunaman. Bepul.
- 02
Tahlil va smeta
Nima quriladi, qancha turadi, qachon tayyor — yozma ravishda.
- 03
Prototip
Asosiy ekranlarni ko'rasiz va tasdiqlaysiz.
- 04
Ishlab chiqish
Bosqichma-bosqich, har bosqichni o'zingiz sinab ko'rasiz.
- 05
Ishga tushirish
Xodimlarni o'rgataman, keyin tizimni birga rivojlantiramiz.
Tizim qancha vaqtda tayyor bo'ladi?
Hajmga bog'liq: bitta bot bir necha kunda, to'liq CRM — bir necha haftada. Konsultatsiyadan keyin aniq muddatni yozma smetada beraman.
Narx nimaga bog'liq?
Modullar soniga, foydalanuvchi rollariga, integratsiyalarga (OLX, amoCRM, telefoniya) va dizaynga. Bepul konsultatsiyada aniq hisoblab beraman.
To'lov qanday?
50% ish boshida, 50% tayyor tizimni topshirganda.
Ishga tushirgandan keyin yordam berasizmi?
Ha. Xatolarni tuzataman, xodimlarni o'rgataman va tizimni rivojlantirishda davom etamiz — kelishuv asosida.
Qaysi xizmatlar bilan bog'lash mumkin?
Telegram, amoCRM, OLX, Google Sheets, SMS, IP-telefoniya, AI (ovozni matnga, matn tahlili) va boshqalar — API'si bor deyarli har qanday xizmat.
Xodimlarga texnik bilim kerakmi?
Yo'q. Tizim Telegram ichida ochiladi, interfeys oddiy. Ishga tushirishda qisqa qo'llanma va o'rgatish beraman.
Kod kimga tegishli?
Sizga. Kod, server va barcha akkauntlar sizning nomingizda bo'ladi — men bilan ishlashni to'xtatsangiz ham tizim sizda qoladi.
15 daqiqalik bepul qo'ng'iroqda biznesingizni tahlil qilib, qaysi jarayonni birinchi avtomatlashtirish kerakligini aytaman.
Loyihangizni muhokama qilamiz
Ariza qoldiring — 24 soat ichida Telegram yoki telefon orqali bog'lanaman.
- Bepul konsultatsiyaMuammoni tushunib, yechim taklif qilaman.
- Aniq smeta va muddatNima, qancha va qachon — yozma ravishda.
- Kod va akkauntlar siznikiTizim to'liq sizning nomingizda.